Tadbirkor ayollar koʻproq qaysi sohada faoliyat olib bormoqda? Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Unga koʻra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkor ayol rahbarlarning iqtisodiy sohalar boʻyicha faoliyati:

- savdo sohasida – 14 147 ta;

- xizmatlar sohasida – 10 057 ta;

- sanoatda – 5 543 ta.

2022-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida ayol rahbarlar boshqaruvida kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 22,6 trillion soʻmni tashkil etgan.

Ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalarning sof daromadi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 7 trillion soʻmga oshgan.

Ayol rahbarlar boshqaruvida 36 472 ta kichik korxona va mikrofirmalar mavjud.