Eng zamonaviy avtobuslarda shahar bo'ylab sayohatga chiqqan latofatli xotin-qizlarning dastlabki manzili Yoshlar markazi bo'ldi. Yoshlar ishlari agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi mas'ullari mehmonlarni markazdagi 5000 kitob fondiga ega kutubxona, kuni kecha ishga tushgan dasturlash markazi bilan tanishtirishdi. Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Yoshlar markazi, IT-Technopark hamda korxonalarni sog'lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasiga sayohat katta taassurotlarga boy bo'ldi. Bayram tadbirlari va anjumanlar zalida tashkil etilgan tantana, taniqli san'atkorlar ijrosida yangragan ona, ayol va vatan haqidagi dilbar taronalar yig'ilganlar kayfiyatiga xushnudlik bag'ishladi. 

Aziz va dilbar ayollarimizni ulug'lagan bayram tadbirlari respublikamiz bo'ylab keng miqyosda davom etmoqda.