“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularga motivatsiya berish orqali “mahallabay” va “fuqarobay” ishlash va shu asosda oyma-oy ularga amaliy yordamlar koʻrsatish yuzasidan Chilonzor tumanida ham tizimli ishlar olib borilyapti.
Tumandagi 51 ta mahalla fuqarolar yigʻinlaridan Xalq deputatlari Chilonzor tuman kengashining qaroriga koʻra jami 1 ming 733 nafar xotin-qizlarning roʻyxatlari shakllantirilib, oilalar muammolarini oʻrganish hamda ularni vaqtida bartaraf etish maqsadida “Ayollar daftari” elektron tizimiga kiritilgan edi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan barcha ayollarga turli yoʻnalishda koʻmaklar berildi.
Hozirda tumanda “Ayollar daftari” yuritilishining ikkinchi bosqichi yuzasidan roʻyxatlar shakllantirilyapti, deb xabar beradi Chilonzor tuman hokimligi matbuot xizmati.