Nizomga muvofiq, “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:

ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;

tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar;

boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;

ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;

qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.

Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun xotin-qizlarga 33 mln soʻmgacha 14 foizlik kreditlar:

➖oilaviy tadbirkorlik uchun – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

➖chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

➖bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilik uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha ajratiladi.

Ayollarga 5 mln soʻmgacha kreditlar naqd berilishi mumkin.

Mazkur nizom tasdiqlanishi munosabati bilan “Ayollar daftari”ga oid ilgarigi vaqtinchalik tartib bekor qilindi.