Taʼkidlash joizki, Nukus shahri va Beruniy tumanlari namunaviy qilib belgilanib, unda bugungi kunda shu hududlarda istiqomat qilayotgan ayollar yashash tarzi oʻrganilib, elektron roʻyxatlari shakllantirildi. Sektorlar kesimida faoliyat yuritayotgan shtablardagi har bir jarayon alohida tahlil etildi.

Xalqimiz uchun muhim boʻlgan mazkur jarayonning nechogʻlik samaradorligi hamda natijadorligi bu kabi oʻrganishlarga bogʻliq. Mazkur daftarga kiritilgan ayollar bilan alohida ish tashkil etiladi. Qabul qilinadigan chora-tadbirlarning ijrosi boʻyicha deputatlik va parlament nazorati oʻrnatiladi.

Oʻrganish davomida “Ayollar daftari”ni shakllantirishda shaffoflilik boʻlishini, birorta yordamga muhtoj ayol eʼtiborsiz qolib ketmasligi, ularning muammolarini oʻrganish asosiy vazifa etib belgilanishi zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, “Ayollar daftari” ni shakllantirish boʻyicha tushunchalar berildi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Ijtimoiy sohadagi qoʻmitasi, Yoshlar masalalari qoʻmitasi azolari hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan ushbu masalada suhbat olib borildi.