"Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ayollar va voyaga yetmaganlarni zoʻravonlikdan himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan qonunni imzoladi.

Men ushbu gʻalaba bilan faxrlanaman va unda ishtirok etgan barchadan minnatdorman! Oldinda ushbu moddalar ishlashi va jamiyat oʻzgarishi uchun qiyin va uzoq yoʻl turibdi.

Men barcha davlat organlari, fuqarolik jamiyatlari, faollar va media — barcha-barchani bu jarayonga qoʻshilib, zoʻravonlikka qarshi kurashning yagona mexanizmiga aylanishga chaqiraman. Zoʻravonlik — jinoyat. Zoʻravonlik — bizning madaniyatimiz emas!", deb yozadi muallif oʻz sahifasida.