Ayollarning bepushtligiga qarshi yangi terapevtik yondashuv ishlab chiqildi

    Mazkur yondashuv Chikago universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, polikistik tuxumdon sindromi tufayli kelib chiqqan ayollarning bepushtligiga qarshi samarali yechim bo'lishi mumkin.

    Polikistik tuxumdon sindromi endokrin kasallik bo'lib, bir nechta alomatlar va ko'pincha noaniq sabablar tufayli uni davolash qiyin. U gormonal muvozanat va umumiy salomatlikning buzilishiga olib keladi.

    Endilikda mutaxassislar hujayradan tashqaridagi pufakchalarga asoslangan terapevtik yondashuvni ishlab chiqishdi. Ushbu molekulalar mezenximal ildiz hujayralaridan olingan bo'lib, ular yangilanish uchun ko'plab boshqa turdagi hujayralarga aylana oladi.

    Natijada bunday hujayradan tashqaridagi pufakchalar polikistik tuxumdon sindromining o'ziga xos belgisi bo'lgan androgen gormonlarning ortiqcha ishlab chiqarilishiga yordam beruvchi genlarning faolligini pasaytirdi. Mazkur usulda davolash sichqonlarda yuqori glyukoza darajasini barqarorlashtirishga yordam berdi. Tajribada hujayradan tashqaridagi pufakchalar qon tomirlariga yoki to'g'ridan-to'g'ri sichqonlarning tuxumdonlariga kiritildi va ikkala holatda ham tuxumdonlar faoliyati samarali tiklandi, deb xabar beradi lenta.ru.