Oflayn va onlayn tarzida oʻtkazilayotgan mazkur tadbir xotin-qizlarning siyosiy faolligi, xususan, elektoral madaniyatini oshirish sohasida parlament, jamoat tashkilotlari, vakolatli davlat organlari, qonun ijodkorligi subyektlari hamda huquqni qoʻllash amaliyoti vakillarining xotin-qizlar siyosiy ongi va elektoral madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ularning faolligini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi T.Narbayeva ochib berdi.

T.Narbayeva oʻz soʻzida hozirgi vaqtda xotin-qizlar mamlakat aholisining qariyb 50 foizini tashkil etishi, ularning barcha sohalarda samarali mehnat qilishlarini, shu jumladan, siyosiy boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faoliyat koʻrsatishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, saylovlarda ayollarning oʻrni beqiyos ekanligi, bugungi globallashuv davrida xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish va yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish davr talabi ekanligini eʼtirof etdi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

Tadbir davom etmoqda.