Joriy yilning 26-noyabridan 2-dekabrigacha oʻtkazilgan nazorat tadbirlari doirasida 90 ta AYOQSHdan 191 ta namuna olindi. Tahlil natijalaridan maʼlum boʻlishicha, 23 ta holatda jami 306 430 litr neft mahsulotlari davlat standartlariga javob bermasligi — yaʼni sifatsiz ekani aniqlangan.
Maʼlumot oʻrnida, shu yil davomida neft mahsulotlari boʻyicha olib borilgan sifat nazorati jarayonida 632 ta obyekt oʻrganilgan. Ularning 210 tasida 8 576 466 litr sifatsiz yonilgʻi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olingan.
Aniqlangan kamchiliklar boʻyicha koʻrsatmalar berilib, mahsulot sifatini tiklash jarayoni nazoratga olingan. Mutasaddilarning maʼlum qilishicha, nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.
Eslatib oʻtamiz, texnik reglament talablariga javob bermaydigan yonilgʻi-moylash materiallarini realizatsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.