Bu haqda Prezidentning “Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi aytilgan.
Xalq taʼlimi vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2022-yil 1-apreldan boshlab bepul ovqat bilan taʼminlashni tashkil etish boʻyicha qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Bunda, loyihada ajratiladigan mablagʻlar sarflanishi ustidan kuchli jamoatchilik nazoratini oʻrnatish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish boʻyicha aniq mexanizmlar nazarda tutiladi.
Loyiha muhokamasida ishtirok etish: