Qarorga koʻra, vaucher quyidagilarga beriladi:
- — uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish hamda kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati uchun:
- — Kambagʻal oilalar reyestri, Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga;
- — “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila)larga;
- — shaxsiy yordamchi xizmati uchun:
- — I guruh nogironlik belgilangan shaxsga;
- — koʻzi ojizlik boʻyicha birlamchi nogironlik belgilangan shaxsga;
- — birinchi marta nogironlar aravachasidan foydalanish belgilangan shaxsga.