Uning taʼkidlashicha, 13-14-aprel kunlari respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 30-35 darajagacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarda 37 darajagacha koʻtariladi.

"12-14-aprelda respublika hududi boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

12-14-aprelda Qoraqalpogʻiston Respublikasida;

13-14-aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida baʼzi joylarda shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin", deyiladi xabarda.