Bu haqida Oʻzgidromet xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlarida, shuningdek, togʻli hududlarda baʼzi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayadi.
Ayrim hududlarda kuchli shamol chang-toʻzon bilan birga kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida ham shamol tezligi 11–14 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon koʻtarilishi ehtimoli bor.