Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar boʻlishi mumkin. Harorat 37-42o, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarida 43-45o gacha boʻladi.

Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi 41-43o boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, ayrim togʻli hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 30-35o boʻladi.

29-iyun kunlari Oʻzbekiston hududida issiq havo harorati saqlanib turishi sababli havo harorati:

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 43-45o gacha;

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida 40-42o gacha koʻtariladi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlari kuzatilishi kutilmoqda.