Qish faslida yovvoyi hayvonlarda ozuqa tanqisligi kelib, hayoti kechirishi birmuncha qiyinlashadi. Qolaversa, brokenyerlikka urinish ham shu faslda koʻp boʻlishi kuzatiladi.

Ayni shu jihatlar eʼtiborga olingan holda Davlat ekologiya qoʻmitasi tasarrufidagi muhofaza etiladigan hududlarda monitoring-kuzatuv ishlari kuchaytirilib, biotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qoʻmita tasarrufidagi “Chotqol” davlat biosfera qoʻriqxonasi xodimlari ham shu kunlardagi noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan qoʻriqxona hududida nazorat ishlarini olib bormoqda.

Ilmiy boʻlim xodimlari esa vaziyatdan unumli foydalanib, qor oʻlchagich, meteostansiya apparatlarini oʻrnatib, kuzatuv ishlarini olib borishdi. Kuzatuvlar davomida ayrim joylarda qorning qalinligi 1-1,5 metrni tashkil etayotgani maʼlum boʻldi.

Mutaxassislarning fikricha, oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirganda koʻrsatkich yaxshi boʻlib, bu qorlar togʻlarda suvlarning koʻp boʻlishiga zamin yaratadi.