Lekin, bir yildan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa-da, 1,5 milliard dollarlik 39 ta loyiha boʻyicha hali ish boshlanmagan.

Shu kabi, Sirdaryo viloyati hokimi oxirgi 2-yilda Koreya va Xitoyga borib, bor yoʻgʻi 180 million dollarlik 17 ta loyiha boʻyicha shartnoma qilgan. Shundan hozirda 6 ta loyihadagi ishlar toʻxtab qolgan.

Tashriflarda hokimlar milliard-milliard dollarlik loyiha takliflarini xorijiy hamkorlar bilan ishlab chiqib, ularni dasturga kiritgan boʻlishiga qaramay, loyihani yurgizish masalasini oʻz holiga tashlab qoʻygan.

Shu bois, bu loyihalar bilan Investitsiya vazirligining oʻzi shugʻullanishi belgilandi.

Investitsiya vaziriga tarmoq rahbarlari bilan birga 41 ta loyiha boʻyicha barcha hisob-kitoblarni qilib, loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqib, xorijiy investorlar va moliya institutlariga taqdimot qilish va amaliy ishlarni boshlash topshirildi.