Moliyaviy hisobotlarni monitoring qilish natijalariga ko‘ra, ajratilgan aktivlar tarkibida likvid aktivlarning yetarli darajada shakllantirilmaganligi, barqarorlashtirish zaxiralarini belgilangan talablar doirasida hisob-kitob qilinmaganligi, bog‘liq shaxslarning ustav kapitallarida ishtirok etish me’yorlari buzilganligi, hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganligi va boshqa shunga o‘xshash qonun buzilish holatlari bo‘yicha 13 ta sug‘urta tashkilotiga nisbatan jami 238 mln. so‘m miqdorida jarima sanksiyasi qo‘llanildi.

Hisobot davri yakuni bo‘yicha 1 ta sug‘urta tashkilotining to‘lov qobiliyatini belgilangan talab darajasiga yetkazish maqsadida sug‘urtalovchiga 15 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shimcha  kapital kiritish majburiyati yuklandi.