Litsenziyasining amal qilish muddati toʼxtatib turilishiga sabab boʼlgan holatlar bartaraf etilganligi sababli, Moliya vazirligi huzuridagi Sugʼurta bozorini rivojlantirish agentligining 2022-yil 13-iyundagi tegishli buyruqlari bilan “Semurg sug‘urta” АJ QKning 2022-yil 25-fevraldagi SF 00039-sonli, “Ishonch sug‘urta kompaniyasi” АJ QKning 2022-yil 25-fevraldagi SF 00045-sonli hamda “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” АJning 2017-yil 11-dekabrdagi SF 00222-sonli litsenziyalari 2022-yil 13-iyundan qayta tiklandi.

Moliya vazirligi huzuridagi Sugʼurta bozorini rivojlantirish agentligi axborot xizmati xabariga koʼra, mazkur sanadan boshlab, yuqorida qayd etilgan sugʼurta tashkilotlariga yangi sugʼurta (qayta sugʼurta) shartnomalarini tuzish, shu jumladan amaldagi sugʼurta (qayta sugʼurta) shartnomalarini uzaytirish boʼyicha qoʼyilgan cheklovlar bekor qilinadi.