Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

    Qonun (OʻRQ-1063-son, 16.05.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

    Qonun hujjatlariga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, pivo va pivo ichimlimklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar yigʻim turlari jumlasiga kiritildi.

    Bunda pivo va pivo ichimlimklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida vakolatli davlat organini xabardor qilingani toʻgʻrisida tasdiqnomaga ega boʻlgan yuridik shaxs hamda YATTlar ushbu yigʻimlarning soliq toʻlovchilari deb eʼtirof etiladi.

    Shuningdek, 2030-yil 1-yanvargacha parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod etilishi belgilandi.

    Bundan tashqari, 2027-yil 1-yanvargacha Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari quyidagi soliqlarni toʻlashdan ozod etiladi:

    • bino va inshootlarni, yer uchastkalarini ijaraga berishdan olinadigan daromadlari boʻyicha – foyda soligʻini;
    • ijaraga berilgan obyektlar va ular egallagan yer uchastkalari boʻyicha – mol-mulk soligʻi hamda yer soligʻini.

    Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.