Ayrim texnika vositalari xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar belgilandi

    Hukumat qarori (10-son, 11.01.2024-y.) bilan “Muomalaga chiqarilayotgan qishloq va oʻrmon xoʻjaligi transport vositalari va mashinalarining xavfsizligi toʻgʻrisida” gi texnik reglament tasdiqlandi.

    Texnik reglament quyidagilarni nazarda tutadi:

    • muomalaga chiqarilayotgan qishloq va oʻrmon xoʻjaligi transport vositalari va mashinalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablarini;
    • texnika vositalarini identifikatsiya qilish qoidalari, texnika vositalarining reglament talablariga muvofiqligini baholash va tasdiqlashni;
    • texnika vositalarini muomalaga chiqarish qoidalari hamda muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalashni;
    • reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatishni.

    Reglament quyidagi texnika vositalariga nisbatan qoʻllaniladi:

    • traktorlar (T va S toifalar);
    • tirkamalar (R toifa);
    • almashadigan tirkama mashinalar (S toifa);
    • oʻziyurar, osma, yarim osma, tirkama va oʻrnatiladigan mashinalar;
    • bogʻdorchilik-uzumchilik, polizchilik, sabzavotchilik, kartoshkachilik, rezavor meva va dorivor oʻsimlikchilik hamda oʻrmonchilikda qoʻllaniladigan mexanizatsiyalashgan kichik mexanizatsiya vositalari, shu jumladan, motokultivator, motooʻrish moslamasi, motoarava va elektrlashtirilgan mexanizatsiya vositalari va boshqalar;
    • chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, pillachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va oziqa tayyorlash jarayonida qoʻllaniladigan mashinalar;
    • urugʻlarni, gʻallani yoki dukkakli sabzavotlarni tozalash, saralash yoki kalibrovka qilish uchun mashinalar.

    Texnik reglament umumiy talablar, shu jumladan, boshqa texnik reglamentlar bilan tartibga solinadigan texnika vositalarini ishlab chiqarish, sotish va yoʻq qilish jarayonlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.