Hujjatga muvofiq:
2023-yil 1-sentyabrga qadar “Sudlarda prokuror ishtiroki” axborot tizimi dastlab sinov tarzida ishga tushiriladi;
2023-yil 1-iyuldan Bosh prokuratura va Oliy sud axborot tizimlarini integratsiya qilish yoʻli bilan oʻzaro hujjat almashinuvi toʻliq yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek Oliy sudning yangi emblemasi namunasi tasdiqlanyapti.
Oliy sudga ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish vakolatini tegishliligi boʻyicha maʼmuriy organlarga oʻtkazish boʻyicha takliflar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Bosh prokurorga ayrim yoʻnalishlarda prokuror nazoratini qisqartirish, shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi tashkilotlar shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi shtat birliklari sonini koʻpaytirish boʻyicha takliflar kiritish vazifasi yuklatilyapti, deb xabar beradi “Norma”.