Ayrim toifadagi yangi avtomobillar uchun ekologik sertifikatlash bekor qilindi

    Hukumatning “Respublikada gʻildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (597-son, 19.09.2025-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, Oʻzbekistonga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi gʻildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash bekor qilinadi.

    Ushbu toifalardagi gʻildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligi Hukumatning 2017-yil 25-apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan Muomalaga chiqarilayotgan gʻildirakli transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament talablari asosida baholanadi.

    Elektr dvigatellar bilan jihozlangan gʻildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligi baholanmaydi.