Ayrim tuman va tumanlararo sudlarning raislari oʻzgardi

    Mamlakatimizda 24 May 2023 1936

    Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yigʻilishida ayrim tuman va tumanlararo sudlarga yangi raislar tayinlandi.

    Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

    Ergashev Avazjon Yigitaliyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Fargʻona viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Fargʻona viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻshtepa tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

    Xoliqov Xudoberdi Komilovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Fargʻona viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Yozyovon tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Fargʻona viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

    Arapov Raxmatjon Ergashovich – sudyalik vakolati muddati davriga Fargʻona viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻshtepa tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Fargʻona viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Yozyovon tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

    Abdubannabov Maxkamjon Muradilovich – sudyalik vakolati muddati davriga Fargʻona viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Dangʻara tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Fargʻona viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

    Omonov Shehroz Turayevich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Jizzax viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Jizzax viloyat sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

    Xamidov Ilhomjon Ergashovich – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻshrabot tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

    Rasulov Oybek Melisovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Chirchiq tumanlararo sudi raisining oʻrinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Oʻrtachirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

    Sattarov Omon Ilxamovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyat sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiyoʻl tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

    Niyazov Shoxrux Furkatovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati Nurafshon tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

    Yuldasheva Shaxnoza Muxammadjonovna – sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Uchqoʻrgʻon tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

    Shaymanov Ikromjon Shaydullayevich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Muzrabot tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Termiz shahar sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

    Mirzayev Abdusalom Qurbanpulatovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Termiz shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

    Abdiraimov Tulkin Mamaraimovich – sudyalik vakolati muddati davriga Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Muzrabot tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.