Andijon viloyatining Izboskan va Qoʻrgʻontepa tumanlari;
Buxoro viloyatining Romitan tumani;
Namangan viloyatining Norin tumani;
Surxondaryo viloyatinnng Muzrabot va Qumqoʻrgʻon tumanlari;
Xorazm viloyatining Yangibozor tumani.

hokimlari 10 mln soʻm miqdorida, ularning birinchi oʻrinbosarlari 8 mln soʻm miqdorida pul mukofoti oladigan boʻldi. Mazkur ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

Shuningdek, mazkur farmoyish bilan 2020-yilning birinchi yarim yilligida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining oʻtgan yilga nisbatan oʻsish surʼatlari taʼminlanmaganligi uchun quyidagi tumanlar hokimlari ogohlantirildi, ularning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlariga esa hayfsan berildi:

Buxoro viloyatining Buxoro va Jondor tumanlari;
Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumani;
Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani;
Samarqand viloyatining Bulungʻur;
Samarqand va Jomboy tumanlari;
Toshkent viloyatining Chinoz va Oʻrta Chirchiq tumanlari;
Fargʻona viloyatining Dangʻara, Rishton va Yozyovon tumanlari.

2020-yilning yanvar-sentyabr oylari yakunlariga koʻra sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish koʻrsatkichlari asosida yuqoridagi roʻyxatda qayd etilgan tuman hokimlari hamda ularning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari faoliyatiga baho berish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan jazo choralari qoʻllanishi belgilandi.