Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga koʻra, ushbu tumanlar loyihaning amaldagi mezonlariga rioya etmaganligi inobatga olinib, fuqarolardan kelib tushgan shikoyat va eʼtirozlar asosida rad etilgan.

«Ochiq byudjet« portalidagi maʼlumotlarga koʻra, Ulugʻnor tumanidan jami 73 ta loyiha kelib tushib, shundan faqat 13 tasi ovoz berishga oʻtkazilgan. Qolgan 60 ta loyiha esa hech qanday asossiz yoki sabablari tushuntirilmagan holda rad etilgan.
Oltinkoʻl tumanida jami 116 ta loyiha kelib tushgan boʻlib, shundan 22 tasi ovoz berishga oʻtkazilgan, 94 ta loyiha asoslantirilmagan holda rad etilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan loyihalarni amaldagi qonunchilikda belgilangan mezonlarga asosan qayta koʻrib chiqish yuzasidan xatlar yuborilgan boʻlsa-da, tegishli tuman ishchi komissiyalari tomonidan loyihalar qayta koʻrib chiqilishi taʼminlanmagan, deyiladi xabarda.