Qonun bilan respublikada goʻsht mahsulotlari va asosiy isteʼmol mahsuloti boʻlmish kartoshkaga boʻlgan talab va narxlar barqarorligini taʼminlash orqali aholi daromadlarini oshirish maqsadida Soliq kodeksiga qoʻshimcha kiritilyapti.
Xususan, Soliq kodeksining 483-moddasiga 2021-yil 10-oktyabrdan 2021-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni soʻyish mahsulotlari, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, shuningdek ularni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish boʻyicha qoʻshimcha norma kiritilyapti.
Qonunning qabul qilinishi aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash, narxlarni barqarorlashtirish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.