Qonun bilan “Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida”gi Qonunga kiritilgan oʼzgartishga koʼra, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi faoliyatiga tashkiliy-texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat koʼrsatish vazifasi hokimliklar apparatidan tegishli xalq deputatlari Kengashi kotibiyati zimmasiga oʼtkazildi.
Kotibiyatlar yuridik shaxs hisoblanadi va ularning faoliyati tegishli mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtiriladi.
Kotibiyat tuzilmasi, shtatlar, xodimlarning mehnat haqi miqdori va moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek ularni saqlash xarajatlari tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.