Musobaqada ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi turnirning birinchi kunidayoq oltin medalga sazovor boʻldi.

Ushbu mukofotni yurtimiz nomidan iqtidorli polvon Aytjan Xalmahanov qoʻlga kiritdi. −67 kg vazn toifasida bellashgan sportchimiz barcha raqiblarini magʻlub etgan holda chempionlikni qoʻlga kiritdi.

Shu tariqa Aytjan Xalmahanov yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining joriy yildagi ilk oltin medali muallifiga aylandi.