Eslatib oʻtamiz, Aytjan Xolmaxanov Xorvatiyaning Zagreb shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yunon-rum kurashi boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgandi. Shunday qilib u 24-yillik tanaffusdan soʻng yunon-rum kurashi boʻyicha jahon chempioni boʻlgan ilk oʻzbekistonlik sportchi sifatida tarixga muhrlandi.
Marosimda viloyat va Nurafshon shahri, Oʻrta Chirchiq tumani faollari, nuroniylar va yoshlar, sportchining oila aʼzolari va yaqinlari ishtirok etdi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev chempionga xonadon kalitlarini topshirar ekan, yosh sportchimiz oʻzining bemisl azmu shijoati bilan xalqaro maydonlarda yurtimiz shaʼnini yuksak darajada himoya qilayotgani, yuksak marralar sari intilib, yoshlarimiz uchun katta ibrat va oʻrnak namunalarini koʻrsatayotgani, oʻz navbatida, bunday muvaffaqiyatlarga erishayotgan farzandlarimiz davlatimiz tomonidan munosib ragʻbatlantirilayotganini taʼkidladi.