"Qadrli Nodirbek! Bugun sizning shaxmat bo‘yicha rapid yo‘nalishidagi jahon chempionatida dunyoning 5 karra chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsenni mag‘lub etganingiz Yangi O‘zbekiston sporti tarixida muhim voqelikka aylandi. Barcha yurtdoshlarimiz ushbu g‘alabani shod-u xurramlik bilan qarshi olishdi.
Bugun muhtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimizda sport, xususan shaxmatga qaratilayotgan yuksak e'tiborga siz kabi iqtidorli yoshlar o‘zlarining olamshumul g‘alabalari bilan javob qaytarmoqdaki, bu har bir yurtdoshimizga cheksiz faxr bag‘ishlaydi.
Yana bir umidli shaxmatchimiz Shamsiddin Vohidov ham afsonaviy Magnus Karlsen ustidan g‘alaba qozongan edi. Bugungi g‘alaba esa dunyo shaxmatining ertasi o‘zbek yoshlari qo‘lida ekanligidan darak bermoqda guyo.
Nodirbek, sizga kelgusida ham omad va zafarlar yor bo‘lsin. Ishonamanki, siz yaqin kelajakda albatta shaxmat tojini ham O‘zbekistonga olib kelasiz. Bu yo‘lda sizga kuch-quvvat va muvaffaqiyat hamroh bo‘lishini tilayman", – deyiladi samimiy tabrikda.