Yurtdoshimiz Aziz Omonov Tehronning «Istiqlol» klubi bilan tuzgan shartnomasini bir taraflama bekor qilib, Qarshining «Nasaf» klubi safiga kelib qoʻshildi.
«Istiqlol» futbolchining «Nasaf» uchun roʻyxatdan oʻtishiga qarshilik koʻrsatmoqda va uning transfer sertifikatini tasdiqlashdan bosh tortyapti.
Shu bois «Nasaf» Aziz Omonovda «Istiqlol» bilan shartnomani bekor qilish uchun yetarlicha asos boʻlganligini maʼlum qilib, FIFAga murojaat qilgan edi. FIFA ishni oʻrganib chiqdi va kecha Qarshi klubi soʻrovini qanoatlantirdi. Futbolchini Liga roʻyxatidan oʻtkazish jarayonini yakunlashga ruxsat berdi. Bu haqda PFL xabar tarqatdi.
Shu oʻrinda qayd etish joizki, Eron jamoasi FIFA qarori yuzasidan oʻn kun ichida apellyatsiya kiritishi mumkin.