Prezidentning “Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi.
Farmoyishga ko‘ra, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi (Agentlik) hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi Dasturini amalga oshirish uchun mas’ul organlar hisoblanadi.
2026 yildan har 2 yilda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari (vazirlik, qo‘mita, agentlik va inspektsiyalar)ning faoliyati samaradorligini Dastur asosida baholash tizimi joriy etiladi.
Dasturda ishtirok etuvchi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda mukofot nominatsiyalari ro‘yxatlari Agentlik va Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan tasdiqlanadi.