Sh. Turdqulova yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, vazirlik faoliyati, mavjud loyihalar va imkoniyatlar toʻgʻrisida soʻzladi. Xususan, Oʻzbekistonda muqobil energetika sohasidagi loyihalar va yaratilayotgan infratuzilma masalasiga toʻxtaldi.
Oʻz navbatida, Sharif Salim Al-Olama BAA mamlakat imkoniyatlari va yutuqlari, vodorod, quyosh energiyasi doirasidagi loyihalar, tadqiqot ishlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Shu bilan birga vazirlik tomonidan neft-gaz, transport va uy-joy sohalari boʻyicha loyihalar amalga oshirilishini taʼkidladi.
Shahlo Turdiqulova vazirliklar oʻrtasida energetika, transport va infratuzilma sohalarida hamkorlik qilish, ilmiy tadqiqot ishlari boʻyicha aloqalarni yoʻlga qoʻyish taklifini bildirdi. Sharif Salim Al-Olama, oʻz navbatida, ikki tomon masʼullari birgalikda mavjud imkoniyatlarni aniqlab, Anglashuv memorandumi loyihasini ishlab chiqish va kelgusi tashrif davomida imzolashni taklif qildi.
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi direktori B.Ohunovning texnologiyalar transferi boʻyicha hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish taklifini berdi. Sharif Salim Al-Olama bu taklifni qoʻllab-quvvatlab, bu borada aloqalarni mustahkamlash lozimligini taʼkidladi. Shu bilan birga Sharif Salim Al-Olama BAAdagi Xalifa universitetida vodorod energiyasi boʻyicha yaratilgan mavjud ilmiy-tadqiqot imkoniyatlarini alohida qayd etdi.
Uchrashuv natijasiga koʻra ikki vazirlik tomonidan Anglashuv memorandumi loyihasini ishlab chiqish va imzolashshga kelishildi. Shuningdek, kelgusida ikki vazirlik mutaxassislari oʻzaroahamkorlik imkoniyatlarini aniqlab, aniq takliflar ishlab chiqish boʻyicha onlayn uchrashuvlar va oʻzaro tashriflar tashkil qilish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.