Tadbir davomida BAAda ishlash istagida boʻlgan fuqarolarga turli obyektlarni qoʻriqlash uchun boʻsh ish oʻrinlari haqida, shuningdek, ish jarayonlari, shart-sharoitlari, korxonaning ichki tartiblari, ish vaqti hamda oylik ish haqi, nomzodlarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Tanlovda Samarqand, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridan jami 99 nafar fuqaro ishtirok etdi. Ish beruvchilar tomonidan ularning 14 nafari tanlab olindi. Shuningdek, 39 nafari mazkur yoʻnalishda ishlash maqsadida ingliz tilini oʻrganish istagini bildirdi. Ushbu fuqarolar roʻyxati shakllantirilib, oʻrnatilgan tartibda chet tili boʻyicha oʻqitish kurslariga yoʻnaltirilishi belgilab olindi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi matbuot xizmati.