“CEO Clubs” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda savdo va investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama etildi.

“Fine Hygienic Holding” kompaniyasiga 1958-yilda asos solingan. Kompaniya bosh ofislari Amman (Iordaniya) va Dubayda (BAA) joylashgan. “Fine Hygienic Holding” kompaniyasi yiliga 210 ming tonna salomatlik va gigiyena mahsulotlari, shuningdek, tabiiy oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaradi. Kompaniyaning Iordaniya, Misr, Saudiya Arabistoni, Marokash va BAAda ishlab chiqarish korxonalari mavjud boʻlib, ularda turli millatga mansub 3 ming nafardan ziyod xodim faoliyat yuritadi. Yaqin Sharq, Afrika, Evropa, Osiyo va AQSH boʻyicha 80 dan ortiq bozorlarga mahsulotlarini yetkazib beradi.

Uchrashuvda “Fine Hygienic Holding” kompaniyasi oʻz faoliyati tarixi, mahsulotlari nomenklaturasi va hamkorlik masalalariga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazdi. Korxona rahbariga Oʻzbekistonda farmatsevtika sohasida investorlar uchun mavjud imkoniyatlar, sohaning mavjud eksport salohiyati haqida maʼlumot berildi.

“Fine Hygienic Holding” kompaniyasi vakillari joriy yil sentyabr oyida Oʻzbekistonga tashrif buyurishi hamda mavjud imkoniyatlar bilan bevosita tanishish istagini bildirdi.

Muloqot yakunida ushbu tashrifni tashkillashtirish va respublikamiz ishbilarmon doiralari bilan uchrashuvlar belgilashga kelishib olindi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.