Turizm hamjamiyati vakillari, ommaviy axborot vositalari, tadbirkorlar va boshqalar Oʻzbekistonga sayohat boʻyicha yangi mahsulotlar va foydali takliflar bilan tanishdilar. Tadbir davomida Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi vakillari parvoz dasturi hamda nafaqat ishbilarmonlik aloqalarini yaxshilaydigan, balki Oʻzbekistonga sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshiradigan guruhli band qilish imkoniyatlari va foydali takliflar haqida aytib berdilar, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.
Oʻtgan yili noyabr oyida Turizm qoʻmitasi, Asiluxe Travel turoperatori va Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi tomonidan tashkil etilgan birinchi tadbir natijasida, Dubaydan Oʻzbekistonga sayyohlarni jalb etishda sezilarli darajadagi yutuqlarga erishildi. Bayram kunlari va bahor mavsumida 25 dan ortiq guruhli safarlar tashkillashtirildi, bu esa oʻzbek madaniyati va tarixiga boʻlgan qiziqish oʻsayotganligining isbotidir.