Bachadon boʻyni saratonini keltirib chiqaruvchi sabablarning asosiysi (98-99 foizi) odam papilloma virusi (OPV) hisoblanib, u oldini olish mumkin boʻlgan yagona saraton kasalligi sanaladi.

Bachadon boʻyni saratoni-belgilarsiz kechib, faqatgina teshiruvlar orqali aniqlash mumkin. Agar kasallik erta aniqlansa davolash uchun zarur boʻlgan vaqt yetarli boʻladi. Oʻz navbatida kasallanish va oʻlim holatlari kamayadi.

Faqatgina muntazam tekshiruvlardan oʻtish, erta tashxis va davo charolari orqali kasallikni yengish mumkin.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti hamda Janubiy Koreyaning KOFIH fondi hamkorligida Toshkent shahrida 5 ta, Andijon viloyatida 2 ta markaziy oilaviy poliklinikada bepul skrining jarayonlarini yoʻlga qoʻygan edi.

Samarqand viloyatining 5 ta oilaviy poliklinikasida ham bachadon boʻyni saratoniga bepul skrining jarayonlari boshlandi.

Toshkent shahri boʻyicha:

— Yunusobod tumani markaziy poliklinikasi Yunusobod tumani 19-mavze, Yunus ota koʻchasi, 2-uy.

— Chilonzor tumani markaziy poliklinikasi Bunyodkor shoh koʻchasi, 7-a uy.

— Mirzo Ulugʻbek tumani markaziy poliklinikasi TTZ-2 mavesi, Ahillik mahallasi.

— Yashnobod tumani markaziy poliklinikasi Mahtumquli koʻchasi, 2-uy.

— Shayxontohur tumani markaziy poliklinikasi Koʻkcha darvoza koʻchasi, 305-uy.

Andijon viloyati boʻyicha:

— Andijon shahar tibbiyot birlashmasi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi Andijon shahri, Mashrab koʻchasi, 39-uy.

— Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 1-oilaviy poliklinikasi Andijon shahri, Toshkent koʻchasi, 50-uy.

Samarqand viloyati boʻyicha:

— Samarqand Shahar Tibbiyot Birlashmasi,koʻp tarmoqli poliklinika Samarqand Buyuk koʻchasi Ipak yoʻli 1-A uy

— Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi, 1-oilaviy poliklinika Samarqand Mullokandova koʻchasi, 4-uy.

— Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi, 3-oila poliklinika Samarqand, Gʻiyosiddin Jamshid koʻchasi 21-uy

— Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi, 9-oilaviy poliklinika Samarqand, Spitamen shox koʻchasi 207-uy

— Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi, 2-oilaviy poliklinika Samarqand, Orzu Mahmudova koʻchasi 1-uy

Maʼlumot oʻrnida: Ayni paytgacha Toshkent shahri va Andijon viloyati boʻylab 12 ming nafardan ortiq ayol skrining tekshiruvlaridan oʻtkazildi. Tekshiruv natijalari buyicha 11 foiz ayolda virus aniqlandi. Andijon viloyatida ayollarda qayta tekshiruvdan oʻtganlarning 6 foizida saraton oldi kasalliklari va 3 foizida bachadon boʻyin saratoni aniqlandi.

Toshkent shahrida esa ayollarda 6 foiz saraton oldi kasalliklari aniqlandi, lekin bachadon boʻyin saratoni aniqlanmadi. Skrining tekshirish jarayonida aniqlangan oʻzgarishlar tegishli shifokorlar tomonidan nazoratga olinib, kerakli tavsiyalar berilmoqda.

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti sizlardan yaratilgan imkoniyatdan foydalanib, bepul tekshiruvlardan oʻz vaqtida oʻtishingizni soʻrab qoladi!