Tadbirda Turizm va sport vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, mutasaddilari, milliy madaniyat markazlari va do‘stlik jamiyatlari raislari hamda faollari, sportchilar, poytaxt jamoatchiligi, yoshlar, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Bag‘rikenglik haftaligini o‘tkazish yuzasidan Turizm va sport vazirligi tomonidan jahon hamjamiyati bilan do‘stona aloqalarni kuchaytirish, xalqaro hamkorlikni va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish kabi muhim vazifalar belgilab olingan. O‘z navbatida, umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, xalqlar o‘rtasida samimiy do‘stlik rishtalarini bog‘lash O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi obro‘-eʼtibori va imiji oshishiga, yurtimizda insonparvarlikning kuchayishiga hamda madaniy-maʼnaviy munosabatlarning xalqaro miqyosda kengayishiga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda barcha fuqarolarni qaysi millatga mansubligidan qatʼiy nazar teng huquq va imkoniyatlar bilan taʼminlash hamda millatlararo totuvlik va jamiyatda o‘zaro ahilchilik muhitini mustahkamlash maqsadida 15-21 noyabr kunlari O‘zbekistonda “Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkazilmoqda. Mazkur haftalik “O‘zbekiston – bag‘rikeng zamin” shiori ostida tashkil etiladigan turli madaniy-taʼrifiy tadbirlardan iborat bo‘ladi.