Boʻka tuman Davlat xizmatlari marazi xodimlarining bu galgi manzili markazdan 30 chaqirim olisda boʻlgan “Bahmal” mahalla fuqarolar yigʻini boʻldi. 2 ming 700 dan ortiq aholi istiqomat qiladigan mahalla aholisining uzogʻini yaqin qilish maqsadida sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Shu kuni “Bahmal” MFY aholisiga bir qator yoʻnalishlar, jumladan, cuv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha navbatga qoʻyish uchun ariza berish, elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish, kadastr hujjatlarini shakllantirish, sovuq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) oʻrnatish boʻyicha 10 dan ziyod sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti toʻgʻrisida ham keng qamrovli huquqiy maslahatlar ham berildi, deya xabar beradi DXA Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.