Bahodir Jalolov “Great silk way” xalqaro turnirida navbatdagi oltin medalni qoʻlga kiritdi

    Shuningdek, Oʻzbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza, jami 16 ta medallarini jamgʻarib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

    Shu yilning 24-29-mart kunlari Ozarbayjonda oʻtgan boks boʻyicha “Great silk way” xalqaro turniri yakunlandi.

    Mazkur nufuzli musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza, jami 16 ta medallarini jamgʻarib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

    Musobaqa gʻolib va sovrindorlari bilan tanishing:

    Oltin medal:

    -51 kg: Asilbek Jalilov
    -54 kg: Xoʻjanazar Nortojiyev
    -75 kg: Saidjamshid Jafarov
    -80 kg: Fazliddin Erkinboyev
    +92 kg: Bahodir Jalolov

    Kumush medal:

    -57 kg: Xudoynazar Fayzov
    -63,5 kg: Abdulloh Madaminov
    -71 kg: Bekzod Hamidov
    -75 kg: Javohir Ummataliyev
    -80 kg: Rahmatilla Boymatov
    +92 kg: Jahongir Zokirov

    Bronza medal:

    -54 kg: Shahina Neʼmatova
    -48 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev
    -60 kg: Sayat Ilyasov
    -60 kg: Baxtiyor Asadov
    -67 kg: Shavkatjon Boltayev.