Shu yilning 24-29-mart kunlari Ozarbayjonda oʻtgan boks boʻyicha “Great silk way” xalqaro turniri yakunlandi.

Mazkur nufuzli musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza, jami 16 ta medallarini jamgʻarib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Musobaqa gʻolib va sovrindorlari bilan tanishing:

Oltin medal:

-51 kg: Asilbek Jalilov
-54 kg: Xoʻjanazar Nortojiyev
-75 kg: Saidjamshid Jafarov
-80 kg: Fazliddin Erkinboyev
+92 kg: Bahodir Jalolov

Kumush medal:

-57 kg: Xudoynazar Fayzov
-63,5 kg: Abdulloh Madaminov
-71 kg: Bekzod Hamidov
-75 kg: Javohir Ummataliyev
-80 kg: Rahmatilla Boymatov
+92 kg: Jahongir Zokirov

Bronza medal:

-54 kg: Shahina Neʼmatova
-48 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev
-60 kg: Sayat Ilyasov
-60 kg: Baxtiyor Asadov
-67 kg: Shavkatjon Boltayev.