Unga kim raqiblik qilishi haqida aniq maʼlumotlar hozircha yoʻq. Jalolovning qozogʻistonlik Ivan Dichko bilan jang qilishini taxmin qilmoqda.

Eslatib oʻtish joiz, Jalolov 7-fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida oʻtkazilgan prof boks oqshomi doirasida fransiyalik Devid Spilmont bilan jang qilishi kerak edi. Ammo tashkilotchilar Bahodirning yuzidagi husnbuzar tufayli jangni bekor qilishgandi.

Hamyurtlarimizdan esa Bahodir Jalolovdan tashqari yarimengil vazn toifasida WBA kamari uchun sobiq daʼvogar Otabek Xolmatov ishtirok etadi.