Ogʻir vazn toifasida oʻzbekistonlik yengilmas professional bokschi Bahodir Jalolov (12-0-0) Bob Arumga tegishli Top Rank promuterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.
Tashkilotning maʼlum qilishicha, hamyurtimiz Top Rank bilan koʻp yillik bitimga imzo chekkan.
Shuningdek, Top Rank matbuot xizmati Bahodir Jalolovning tashkilot bilan hamkorlikdagi ilk jangi 26-avgust kuni AQSHning Oklaxoma shtati Tulsa shahrida boʻlib oʻtishini eʼlon qildi. Jalolovning jangi asosiy kard doirasida oʻtkaziladi, ammo hozircha unga kim raqiblik qilishi maʼlum emas.
Maʼlumot uchun, mazkur boks oqshomining markaziy jangi amerikalik Jared Anderson (15-0-0) hamda ukrainalik Andrey Rudenko (35-6-0) oʻrtasida kechadi.