Bahodir Jalolov WBCʼning yangilangan reytingida 6-oʻringa koʻtarildi

    Sport 20 Avgust 2024 329

    Butunjahon boks ittifoqi (WBC) avgust oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi.

    Eʼtiborlisi, superogʻir vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov yangilangan reytingda 6-oʻringa koʻtarilib oldi. Ikki karra Olimpiada chempioni iyul oyi reytingida 8-oʻrinni egallab turgandi.

    Ushbu vaznda Aleksandr Usik chempion, Tayson Fyuri esa 1-oʻrinni band etgan. Jalolovdan oldingi oʻrinlardan Agit Kabaye (Germaniya), Martin Bakole (Kongo/Buyuk Britaniya), Chjang Chjiley (Xitoy), Efe Ajagba (Nigeriya/AQSH) joy olgan.

    Yangilangan reytingdan 10 nafar bokschimiz oʻrin olgan:

    Superogʻir vazn: Bahodir Jalolov oʻtgan oydagidan 2 pogʻona koʻtarilib, 6-oʻrindan joy oldi;

    Superoʻrta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqoʻziyev oʻtgan oydagidan bir pogʻona yuqorilab, 13-oʻringa joylashdi;

    Superyarim oʻrta vazn toifasi (69,9 kg): Isroil Madrimov 3-oʻrinda qayd etildi;

    Yarimoʻrta vazn (66,6 kg): Shahram Gʻiyosov bir pogʻona yuqorilab, 7-oʻrinni band etgan boʻlsa; Jahongir Rasulov 3 pogʻonaga pastladi va 30-oʻrinni egalladi;

    Yarimengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 18-oʻrinni band etgan;

    Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev 4-oʻrinda qoldi; Mirazizbek Mirzaxalilov oʻtgan oydagi kabi 28-oʻrinni band etib turibdi;

    Yengil vazn (50,82 kg): Olimjon Nazarov oʻtgan oydagidan 1 pogʻona pastlab, 35-oʻringa joylashdi;

    Birinchi oʻta yengil vazn (47,6 kg): Hasanboy Doʻsmatov oʻtgan oydagidan bir pogʻona yuqoriladi va 4-oʻrindan joy oldi.