“Probellium” promouterlik kompaniyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bokschimiz 18-mart kuni Dubayda polshalik Kamil Sokolovskiga qarshi ringga koʻtariladi.
Maʼlumot uchun, Sokolovski shu kungacha professional boksda 38 ta jang oʻtkazib, ularning 11 tasida gʻalaba qozongan (4 ta nokaut). 25 ta jangda magʻlub boʻlgan (3 ta nokaut) va 2 marotaba durang qayd etgan.
Bahodir esa professional boksda 9 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida raqiblarini nokaut evaziga magʻlub etgan.