Uning raqibi — amerikalik Kyortis Harper. Jang 10 raunddan iborat boʻladi.

Bahodir Jalolov shu kungacha professional boksda 11 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida raqiblarini muddatidan oldin magʻlub etgan.

Harper esa 22 ta jang oʻtkazgan: 14 gʻalaba (9 tasi nokaut), 8 magʻlubiyat (3 tasi nokaut).