Unda Milliy gvardiya qoʻmondoni general-polkovnik Bahodir Tashmatov, Sport vaziri oʻrinbosari Avazjon Karimov, sohaviy rahbarlar, murabbiylar va sportchilar ishtirok etdi.
Delegatlar tomonidan Milliy gvardiya qoʻmondoni general-polkovnik Bahodir Tashmatov Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi raisi etib bir ovozdan saylandi.
Yangi saylangan federatsiya raisi oʻz nutqida soʻnggi yillarda sport sohasiga qaratilgan davlat eʼtibori natijasida sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishayotganini qayd etdi.
Konferensiya davomida qoʻl jangi sport turini yanada rivojlantirish boʻyicha qator amaliy vazifalar belgilandi.
Jumladan, seksiya va toʻgaraklar mavjud boʻlmagan tumanlarda kamida ikkitadan qoʻl jangi seksiyasini tashkil etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish, istiqbolli sportchilarni saralab olish hamda ularni kasbga yoʻnaltirish vazifalari belgilab olindi.