«Internetda terim.uz saytini ochdik. Har bir ko'ngilli ushbu saytga kirib, qaysi hududda paxta termoqchi ekanligini onlayn tarzda ma'lum qilishlari mumkin.  YOllanma teruvchi kim? U qaysi talablarga muvofiq ishlashi lozim? Ish beruvchi kim? Ularning vazifalari va mas'uliyati qanday? Ushbu masalalar bo'yicha maxsus nizom ishlab chiqildi. Bu — tarixda ilk bor. 

Har bir tumanda, hududda yollanma teruvchilarni ishga jalb etish masalalari ham nizomda ko'rsatilmoqda. Hech qanday tushunmovchilik bo'lishi mumkin emas. 

Uzoq joydan kelib paxta terayotganlarga barcha sharoit tashkil etiladi. Hattoki, ularning ishdan so'ng televizor ko'rib, radio tinglab, gazeta va kitoblar mutolaa qilishlari uchun sharoit yaratish masalasi tashkiliy tomondan hal etilmoqda. 

Teruvchilar o'zi istagan muddatga shartnoma tuzishi mumkin. Xohlasa bir hafta, xohlasa 15 kun, xohlasa bir oy. Hech kim qanchadir muddatga shartnoma tuzishga majburlanmaydi.

Ko'ngilli ravishda paxta teraman deb ro'yxatga yozilganlarning har biriga ishni boshlamasdan turib maosh sifatida 500 ming so'mdan beriladi. Otryad rahbarlariga ega 2 million so'm. Bunga moliyaviy manbalar ham etarli. 

Biz paxta terishga qo'rqitish orqali emas, moddiy rag'batlantirish orqali jalb etishimiz kerak. Agar davlat talablarini buzadiganlar bo'lsa, ular katta jazoga tortiladi», — Bahodir Umrzoqov, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o'rinbosari.