Tomonlar Oʻzbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida boshlangan islohotlar natijasida rivojlanayotgan ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Xususan, Bahrayn podshohligi Milliy majlisi Deputatlar palatasi Raisi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli shu jumladan, gender tenglik, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Fauziya Abdulla Zeynal, shuningdek, Bahrayn va Oʻzbekiston oʻrtasida turli sohalar, jumladan, parlamentlararo hamkorlik muhimligiga urgʻu berib, bu ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichiga olib chiqishga xizmat qilishini taʼkidladi.

Fauziya Abdulla Zeynal Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisini Bahraynga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.

Shuningdek, u 2022-yilda boʻlib oʻtadigan Spiker ayollar forumida ishtirok etish taklifini qabul qildi.

Uchrashuv chogʻida ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi.

Tomonlar munosabatlarni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.