Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlum qildi.

Yoʻnalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi.

Maʼlumot uchun: Quyidagi taʼlim yoʻnalishlari soha (tarmoq, yoʻnalish, faoliyat turi) boʻyicha mos taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi:

— “Kasb taʼlimi (bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha)”;

— “Professional taʼlim (bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha)”;

— “Xizmat koʻrsatish texnika va texnologiyasi (xizmat koʻrsatish tarmoqlari boʻyicha)”;

— “Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yoʻnalishlari boʻyicha)”.

Shuningdek, koʻchirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari taʼlim olgan yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi.